Линклар

Yevropada terror xavfi real


Yevropa Ittifoqining yuqori lavozimli rasmiysi mintaqa mamlakatlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini sharhlar ekan, terror xavfi "realdir", dedi.

Ittifoqning terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchisi Jil de Kershovga ko‘ra, terror xavfi NATO kuchlarining Afg‘oniston va Pokistonda "Al-Qoida"ga qarshi bosimlari ortib borayotgani va natijada terrorchilarning vaziyatni tubdan o‘zgartirishga urinayotgani tufayli kuchaygan.

Terror xavfi kuchaygani to‘g‘risida so‘nggi kunlarda Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir necha davlat e‘lon qildi.

Ittifoq tashqi ishlar vazirlari bu sohadagi vaziyatni AQSh ichki xavfsizlik vaziri bilan 7 oktabr kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qiladilar.
XS
SM
MD
LG