Линклар

AQShning Pokistondagi elchisi Anna Peterson Amerika harbiy vyertolyotidan berilgan zarbadan Pokiston harbiylari nobud bo‘lgani uchun uzr so‘radi.

Elchining bayonotida aytilishicha, voqea yuzasidan o‘tkazilgan qo‘shma tekshiruvda vyertolyot uchuvchilari Pokiston harbiylarini janggarilar bilan adashtirib yuborgani aniqlangan.

Zarbadan nobud bo‘lganlar soni ba‘zi manbalarda 2, boshqalarida 3 kishi, deb ko‘rsatilmoqda. Bir necha askar yaralangan.

Noxush hodisadan so‘ng Pokiston Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlariga yuk tashiladigan chegarani yopib qo‘ygan va shundan so‘ng Pokiston hududida koalitsiyaga qarashli yuklar ortilgan mashinalarga toliblar bir necha bor hujum qildi.
XS
SM
MD
LG