Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:51

Qirg‘izistonda "Ata-Jurt"ga o‘t qo‘ydilar


Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi "Ata-Jurt" partiyasi ustidan mintaqalararo nizo chiqarishga urindi, deb jinoyat ishi ochdi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga partiya yetakchilaridan biri Qamchibek Tashiyevning saylovoldi uchrashuvida qilgan chiqishi chog‘ida aytganlari sabab bo‘ldi.




Internetda e‘lon qilingan videoyozuvda Tashiyev: “Hokimiyatga kelgach, sobiq prezident Bakiyevni qaytarib kelamiz”, degan.

Bu bayonot aprel voqealari paytida yaqinlaridan ayrilganlarning g‘azabini qo‘zg‘agan va ular chorshanba kuni "Ata-Jurt" partiyasi ofisiga bostirib kirib, partiya hujjatlariga o‘t qo‘ydi.

10 oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG