Линклар

Tojikiston Milliy gvardiyasi mamlakatning islomiy janggarilarga qarshi amaliyotlar olib borilayotgan mintaqasida ro‘y bergan vyertolyot halokatida 28 kishi halok bo‘lgani haqidagi ma‘lumotlarni inkor qildi.

Milliy gvardiya o‘z bayonotida chorshanba kungi halokat paytida vyertolyotning to‘rt ekipaj a‘zosi nobud bo‘lgani va uch nafar texnik xodim keyinroq olgan jarohatlardan vafot etgani aytiladi.

Milliy gvardiya matbuot vakili halokatga texnik muammo sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta‘kidladi.

Undan oldin harbiy manbalarga asoslanib axborot vositalari vyertolyot halokatida 28 kishi, jumladan, terrorizmga qarshi tuzilgan maxsus guruh harbiylari nobud bo‘lganini xabar qilgan edi.

Ba‘zi manbalar vyertolyot janggarilar tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Milliy gvardiya matbuot vakili Xayriniso Komilova chorshanba kuni Rasht vodiysida Milliy gvardiyaning yana olti askari minada portlab halok bo‘lganiga oid xabarlarni izohlashdan bosh tortdi.

Sentabr oyida harbiy kolonnaga pistirmadan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 26 askar nobud bo‘lganidan so‘ng Tojikiston harbiylari Rasht vodiysida maxsus amaliyotlar olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG