Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:36

Rossiyada raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi


Rossiya yadroviy suv osti kemasidan uchiriladigan yangi “Bulava” ballistik raketasining sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Avvalgi sinovlar muvaffaqiyatsizlikka uchragani bois bu raketaga shubha bildirilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi “Bulava” Finlyandiya chegarasi yaqinidagi suv osti kemasidan olti ming kilometr masofaga Uzoq Sharqdagi Kamchatka yarim oroliga uchirilganini bildirdi.

Rossiyada axborot agentliklariga ko‘ra, og‘irligi 37 tonna, uzunligi 12 metr bo‘lgan ushbu qanotli raketa bir nechta yadroviy kallakni nishonga yetkazish va havo hujumidan mudofaa tizimini chetlab o‘tish imkoniyatiga ega.

“Bulava” raketasining avval o‘tkazilgan 12ta sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
XS
SM
MD
LG