Линклар

logo-print

Abdumalik Boboyev ustidan sud jarayoni boshlandi


Abdumalik Boboyev ishi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Abdumalik Boboyev ishi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudida 7 oktabr kuni jurnalist Abdumalik Boboyev ustidan sud jarayoni boshlandi. Mahkamaning birinchi kunida jurnalistga qo‘yilayotgan ayblovlar o‘qib eshittirilgan va himoyachi sud mahkama raisiga iltimosnomalar bilan murojaat qilgan.


Tuhmat va haqorat, O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash yohud tarqatishda ayblanayotgan Abdumalik Boboyev ustida boshlangan sud jarayonining birinchi majlisiga xorijiy diplomatlar, xususan, mahkamani kuzatgani Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga kelgan AQSh va Britaniya elchixonalari vakillari kiritilmagan.

Ayni paytda, mahalliy huquq faollari O‘zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov va “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovning sud majlini kuzatishlariga ruxsat berilgan.

Jurnalistning advokati Sergey Mayorov mahkama raisi Sa‘dulla Ashirmatovga o‘ndan ortiq iltimosnoma bilan murojaat qilgan. Ulardan ikkitasi jinoiy ishni rus tiliga tarjima qilish uchun vaqt berilishi va chegarani buzganlikka ayblov bo‘yicha ekspertning jalb qilinishiga oid iltimosnomalar qondirilgan. Qolganlari, xususan jinoiy ishni qaytadan tergovga qaytarish haqidagi iltimosnomani sud raisi rad etgan.

Sudning keyingi majlisi dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz¸ Abdumalik Boboyevni dastlab himoya qilishga advokat Sobir Ko‘chimov, kutilmaganda, ishlari ko‘paygani vaji bilan uning himoyasidan bosh tortgan va jurnalistning ishini Sergey Mayorov olgan edi.

Sergey Mayorov shuningdek, tuhmat va haqoratda ayblanayotgan Rossiyaning “Parlamentskaya gazeta” nashri muxbiri va “Vesti.uz” internet-nashri bosh muharriri rossiyalik jurnalist Vladimir Berezovskiyni ham himoya qilmoqda.
XS
SM
MD
LG