Линклар

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev Samarqand shahrida Butunjahon sayyohlik tashkiloti yig‘ilishining tantanali ochilishi marosimida aytdi.

“RIA Novosti” agentligi xabariga ko‘ra, G‘aniyev hukumat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2009 yilda mamlakatga kelayotgan sayyohlar soni 650 ming kishiga yetgani va 2010 yil oxirida bu raqam 800 mingdan oshishi kutilayotganini ma‘lum qilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari mamlakatda sayyohlik infratuzilmasi tashkil etish uchun xalqaro talablariga javob beradigan o‘zbek milliy avtomagistrali qurilayotgani, shuningdek, 400dan ortiq xalqaro klassdagi mehmonxonalar qurilgani va faoliyat yuritayotganini urg‘ulagan.

Mutaxassislar O‘zbekistondagi chiqish viza rejimi hamda xorij fuqarolarining kirish vizalarini olish qiyinligini mamlakatda turizm sohasining rivojlanishiga asosiy to‘siqlardan biri ekanini aytishadi.
XS
SM
MD
LG