Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:52

Qunduz viloyati hokimi portlash qurboni bo‘ldi


Afg‘oniston politsiyasi Qunduz vidoyati hokimi va yana kamida 14 kishi masjida ro‘y bregan portlash qurboni bo‘lganini ma‘lum qildi.

Qunduz viloyati hokimi Muhammad Umar qo‘shni Tahor viloyatidagi masjidda juma namozini o‘qiyotgan paytda portlash amalga oshirilgan.

Hujum oqibatida yana 20 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Tahor viloyati politsiyasi boshlig‘i Shox Jahon Nuriy hujum xudkush shaxs tomonidan amalga oshirilganmi, yo bomba masjidga qo‘yib ketilganmi hozircha aniq emasligini aytdi.
XS
SM
MD
LG