Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:53

AQSh va Isroil yirik harbiy shartnoma imzoladi


Isroil AQShdan ikki milliard 750 million dollarga “F-35” rusumidagi 20ta jangovor uchqich sotib olish haqida shartnoma imzoladi.

Isroilning AQShdagi elchisi Maykl Oren “F-35” rusumidagi uchqichlarni dunyodagi eng zamonaviy jangovor uchqich, deya atadi.

Elchi Oren yangi uchqichlar Isroilning mudofaa qudratini oshirishini aytdi.

Isroil va AQSh o‘rtasidagi shartnoma uchqichlar narxi, “F-35” uchqichlarni ishlab chiqarishda Isroilning ishtiroki kabi masalalar yillar davomida muhokama qilinganidan so‘ng imzolandi.
XS
SM
MD
LG