Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:06

Zaharli oqim Dunayga yetib bordi


Vyengriyadagi alyuminiy rudasini qayta ishlovchi zavod chiqindi havzasidan oqib ketgan zaharli moddalar Dunay daryosiga yetib bordi.

Xabarlarga qaraganda, daryo etagida joylashgan Xorvatiya, Serbiya va Ruminiyada rasmiylar suv sifatini muntazam tekshirib turibdi.

Vyengriya favqulodda vaziyatlar agentligi vakiliga ko‘ra, Dunayga zavoddan oqib ketgan zaharli chiqindilarning oz qismi tushgan bo‘lib, daryo suviga jiddiy zarar yetmagan bo‘lishi kerak.

Vyengriya g‘arbidagi bir qator kichik daryolarga jiddiy zarar yetdi va ulardagi jonzotlar yoppasiga o‘ldi.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, ekologik halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG