Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:27

Qirg‘iziston: Saylovda "Ata-jurt" hozircha oldinda


Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi “Shayloo” avtomatlashgan tizimida onlayn tartibida e‘lon qilib borilayotgan ma‘lumotlarga muvofiq, 10 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda besh siyosiy partiya 5 foizlik to‘siqdan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu hali yakuniy natija degani emas.

Yuzlab odam halok bo‘lgan qonli hodisalardan to‘rt oy o‘tib, Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston saylov qonunlariga muvofiq, siyosiy partiyalar har bir viloyatda 0,5 foizlik va respublika bo‘ylab 5 foizlik to‘siqdan o‘tkandagina parlamentdan joy olishi mumkin.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston janubidagi etnik qirg‘izlar qo‘llab-quvvatloviga ega "Ata-jurt" partiyasi ovozlar soni bo‘yicha oldinda bormoqda.

Shuningdek, Sotsial-demokratlar, Respublika, "Ar-namis", "Ata-meken" partiyalarining ham parlamentdan joy egallashi kutilmoqda.

Markaziy Osiyodagi ilk parlament demokratiyasini yaratishiga umid qilinayotgan saylovlarda parlamentdagi 120 o‘rin uchun 29 ta partiya kurash olib bordi.

Iyun oyida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi millatlaro to‘qnashuvlar ortidan Qirg‘iziston janubida yangidan zo‘ravonliklar ro‘y berishi borasidagi xavotirlarga qaramay, ovoz berish tinch o‘tdi.

120 o‘rinli parlamentdan joy egallash uchun partiyalar umumiy ovozlarning kamida besh foizini qozonishlari kerak. Lekin, ovoz berish dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovda qatnashgan 29 partiyaning beshtasigina hozircha bu to‘siqdan o‘ta oldi.

O‘shdagi saylov uchastkalarida avtomatli qo‘riqchilar soqchilik qilayapti.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasining bildirishicha, yakshanba kuni o‘tkazilgan saylovda respublikadagi jami saylovchilarning qariyb 57 foizi ovoz bergan.

Ayni paytda Bishkekda saylovlarda kuzatuvchilik qilgan xalqaro tashkilotlar vakillarining kecha o‘tkazilgan parlament saylovlari yuzasidan o‘z baholarini berishlari kutilmoqda. Qayd etish joizki, hozirgacha saylovlarda kuzatuvchilik qilgan qator mahalliy nodavlat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar, ayrim mayda qonunbuzarliklarga qaramay, bu galgi saylovning avvalgilaridan ko‘ra shaffofroq o‘tgani haqida bildirdilar.

Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar iyun oyida O‘sh va Jalolobodda sodir bo‘lgan voqealaridan keyin parlament saylovlarining tinch va osoyishta o‘tganini olqishladilar.

Mavzu tafsilotlari bilan kun davomida tanishtirib boramiz.

Qo‘shimcha ma‘lumot:

Joriy yilning 27 iyulida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida Qirg‘iziston davlat boshqaruv tizimi prezident tizimidan parlament tizimiga o‘tdi. Yani, prezidentdan ko‘ra parlament ko‘proq kuchga ega bo‘ladi. Qirg‘izistondagi bu yilgi parlament saylovlari yana ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchisi: saylovda 29 siyosiy partiyaning ishtirok etayotgani, ikkinchi esa ovoz berish varaqchasining uzunligi 70 santimetrni tashkil etgani.
XS
SM
MD
LG