Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:06

Tojikistonda yana bir qator saytlar to‘sib qo‘yildi


Bundan bir necha kun oldin tojik rasmiylari bir qator mustaqil axborot saytlariga blok qo'yishgan edi.
Bundan bir necha kun oldin tojik rasmiylari bir qator mustaqil axborot saytlariga blok qo'yishgan edi.
ITAR-TASS agentligi bergan xabarga ko‘ra, Tojikiston Transport va aloqa vazirligi mamlakatdagi eng yirik "Tojiktelekom" provayderiga mustaqil va muxolif saytlarni blok qilish haqida ko‘rsatma bergan.

11 oktabrdan boshlab, mamlakat hududida "Fergana.ru" va "Centrasia.ru" saytlariga to‘siq qo‘yildi. Bundan avval esa "Avyesta" sayti blok qilingan edi.

O‘tgan haftada Tojikiston bosh matbaa birlashmasi bir qator mustaqil nashrlarni chop etishdan bosh tortgan edi.

Tahlilchilar fikricha, bu bilan hukumat mamlakat sharqida bir oydan beri davom etayotgan aksilterror amaliyotlari haqidagi axborot oqimini to‘xtatib qolishga urinmoqda.
XS
SM
MD
LG