Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:29

Tyumenda o‘zbekistonlik imom otib ketildi


10 oktabr kuni Rossiyaning Tyumen oblastida “Nur Islom” masjidi imomi, o‘zbekistonlik dindor Asomitdin Akbarov otib ketildi.

Yaqinlari marhumni avtomat o‘qlaridan ilma-teshik bo‘lgan avtomobili ichida topishgan.

Tergovni olib borayotgan Tyumen viloyati prokuraturasining tergov boshqarmasi boshlig‘i katta muovini Yevgeniy Kazakov jinoyat yuzasidan “qotillik” fakti bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi.

- Hozircha men faqat qotillik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va tergov ishlari olib borilayotganini ma‘lum qilishim mumkin. Tergov bir nechta vyersiyalar bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Lekin tergov manfaatlarini ko‘zlagan holda men sizga ularni ovoza qila olmayman,- dedi prokuratura xodimi.

Isomitdin Akbarov asli O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan va 90 yillarning o‘rtalarida Rossiyaning Tyumen oblastiga ko‘chib ketgan.

1997 yildan esa Noviy Urengoy tumanidagi “Nur Islom” masjidida imomlik qila boshlagan.

Uning 10 farzandi va rafiqasi hozirda Tyumen oblastida yashamoqda.
XS
SM
MD
LG