Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:03

Xorijlik kuzatuvchilar qirg‘iz saylovlarini olqishladi


Qirg‘iziston parlament saylovini kuzatgan xorijlik kuzatuvchilar saylovning faol va erkin o‘tkazilganini e‘tirof etmoqda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidan borgan kuzatuvchilar saylovining siyosiy hurfikrlik va jonli o‘tganini olqishlab, bu tadbir “keyingi demokrtik jarayonlarni mustahkamlash uchun zamin yaratdi”, deb baholadi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, besh partiya Jo‘g‘o‘rqu Keneshdan o‘rin qozonish imkonini beradigan 5 fozlik ovozni jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Bular orasida millatchi muholif “Ata jurt” partiyasi yetakchilik qilmoqda. Undan keyin esa Sotsial demokratlar partiyasi, keyin Rossiyaga moyil “Ar-Namis”, keyin esa “Respublika” va undan keyin hukumatga suyangan “Ata-Meken” partiyasi turibdi.

Yakshanba kungi saylov mamlakatda yuzlab odamning o‘limi va minglab odamning qochqinligiga sabab bo‘lgan qonli iyun voqealaridan so‘ng o‘tkazilganiga qaramay, tinch va osoyishta o‘tgani xalqaro jamoatchilik tomonidan olqishlanmoqda.
XS
SM
MD
LG