Линклар

Xitoy hukumati qamoq jazosini o‘tayotgan taniqli dissident Lyu Syaoboga rafiqasi bilan uchrashishga ruxsat berdi.

O‘tgan hafta Lyu Syaobao Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan edi. Ushbu mukofot huquq faoliga Xitoyda fundamental inson haqlari uchun uzoq yillar kurashgani uchun berildi.

Nobel tinchlik mukofotining Lyu Syaoboga berilishi Xitoy hukumatining g‘azabini keltirdi va rasmiy Pekin bu yuzadan Norvegiyaga noroziligini bildirdi.

Demokratiya uchun faol kurashgan xitoylik dissident 2009 yilda kommunistik rejimga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatida ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
XS
SM
MD
LG