Линклар

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qoramol, go‘sht, kartoshka, jun va metall eksportini to‘liq taqiqladi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, “ichki ishlab chiqarish sanoati uchun sharoit yaratish va oziq-ovqatlar bozorida narxlarni tartibga solish” maqsadida shunday tartib joriy qilinmoqda.

Dushanba kuni Tojikiston prezidenti hukumat rasmiylari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda shu yilning 9 oyida yalpi ichki mahsulot hajmi 6,2 foizga o‘sgani, inflyatsiya darajasi esa 6,7 foizni tashkil qilganini aytgan.
XS
SM
MD
LG