Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:17

Seul hukumati Toshkentdagi reyddan norozi bo‘ldi


Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonning Seuldagi elchisini chaqirib, Toshkentdagi Koreya golf klubida o‘tkazilgan reyddan norozilik bildirdi.

“Yonhapnews” agentligi xabariga ko‘ra, yakshanba kuni O‘zbekistonning milliy xavfsizlik, bojxona, soliq va ichki ishlar idoralari xodimlaridan iborat tekshiruv guruhi golf klubida reyd o‘tkazgan.

Anonim tarzda so‘zlagan Koreya rasmiylariga tayanib, agentlikning xabar qilishicha, reyd chog‘ida klub xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilingan. Natijada, klubda ishlaydigan o‘zbekistonlik fuqarolarga yengil tan jarohatlari yetkazilgan, ammo, Koreya fuqarolari jabrlanmagan.

Hozirda Koreya tomoni ushbu reydning asl sabablarini aniqlash ustida ish olib borayotgani aytilmoqda.

Koreyaning Xorijdagi koreyaliklar va konsullik masalalari bo‘yicha rasmiysi Mun Ha Yong O‘zbekistonning Seuldagi elchisi Vitaliy Fenni chaqirtirib, bu reyddan qattiq norozilik bildirgan va kelgusida bunday harakatlar takrorlanmasligi uchun keskin choralar ko‘rishni so‘ragan.

Bu haqda ma‘lum qilingan bayonotda yana aytilishicha, O‘zbekiston elchisi sodir bo‘lgan hodisadan chuqur taassuf bildirgan va Seul rasmiylarining pozitsiyasini rasmiy Toshkentga yetkazib qo‘yishni va‘da qilgan.
XS
SM
MD
LG