Линклар

Dunyo bo’ylab boyvachchalarning pulini sanashga o’rgangan va buni o’z ish faoloyatiga aylantirgan Forbs korxonasi izlanishlar o’tkazib, Amerikaning eng yosh 10 milliarderini aniqladi. Ularning eng yoshi 26 yoshda bo’lib, eng yoshi kattasi 41da.

Eng qiziqarlisi shuki, 10 nafar yosh milliarderdan 6 nafari o’z milliardlarini internetda ochgan veb-xizmatlari orqali ishlab olishgan.

Amerikada eng yosh milliarder kim bo’ldi, deysizmi? Agar o’tgan yilgi amerikalik milliarderlarning eng yoshi deb topilgan Facebook internet ijtimoiy tamog’ining asoschilaridan biri Mark Zukerberg desangiz yanglishasiz-u, lekin uzoqqa ketmaysiz. Chunki bu yili Amerikaning eng yosh boyvachchasi deb Facebook asoschilaridan yana biri Dastin Moskovitz topildi.

Hullas, Amerikaning eng boyvachcha yoshlarining ro’yhati mana bunday:

1. Dastin Moskovitz (Dustin Moskovitz), $1,4 milliard, Facebook ijtimoij tarmog’i, yoshi 26 da:

2004 yili Facebookga asos solishda ishtirok etgan Dastin 2008 yili alohida Asana nomli electron dasturlash korxonasini ochadi. Lekin o'zining bugungi 1.4 milliardini Facebookda bo’lgan 6 foiz aktsiyasi orqali ishlab topdi.
2. Mark Zukerberg (Mark Zuckerberg), $6,9 milliard, Facebook ijtimoiy tarmog’i, yoshi 26 da:

Mark 2004 yili Harvard universitetining yotoqxonasida bir xonada turgan Dastin Moskovitz bilan Facebook ijtimoiy tarmog’iga asos solgan. Facebook boshqaruvchisi va joriy yilda daromadining foizi eng ko’paygan inson. O’tgan oyda 100 million AQSh dollarini Amerika maklablariga hayriya evazida bergan. Shu kunlarda Mark Zukerberg va uning Facebook veb-xizmatiga atalgan film kinoteatrlarga chiqadi.
3. Skot Dunkan (Scot Duncan), $3,1 milliard, energetika, yoshi 27 da:

Skot Dunkan oz otasi Dan Dunkaning o’limidan so’ng energetika bo’yicha ish olib boruvchi Enterprise Products oilaviy kompaniyasining bir qismiga voris bo’ldi.
4. Eduardo Saverin (Eduardo Saverin), $1,15 milliard, Facebook ijtimoiy tarmog’i, yoshi 28

Braziliyada tig’ilgan Saverin Facebook asoschilaridan biri deb hisoblanadi. Mark Zukerbergning sinfdoshi. Zukerberg Harvardni tashlab, Facebook ustida ishlash uchun Kaliforniyaga ko’chganda, Saveringa Facebookning uchdan bir qismi tegishli edi. Bir qator sud jarayonlaridan so’ng Saverinda faqat Facebookning 5 foizi qoldi, xolos.
5. Jon Arnold (John Arnold), $3,3 milliard, investitsiyalar, yoshi 36 da:

Sentaurus hej-fondining asoschisi. Asosan energetika sohasida investitsiyalar bilan shug’ullanadi.
6. Sergey Brin (Sergey Brin), $15 milliard, Google kompaniyasi, yoshi 37 da:

Rossiyada tug’ilgan, lekin 6 yoshida oilasi bilan Amerikaga ko’chgan Sergey 1998 yili Larry Peyj bilan Google kompaniyasiga asos soladi.
7. Larry Peyj (Larry Page), $15 milliard, Google kompaniyasi, yoshi 37 da:

Standord universiting PhD dasturini tugatmasdan tashlab, Sergen Brin bilan 1998 yili Google kompanyasiga asos slogan. Bugungi kunda Google kompaniyasi internetda xizmat ko’rsatuvchi eng yirik kompaniyaga aylangan.
8. Daniyel Zif (Daniel Ziff), merosxo’r va xej-fondlari, yoshi 38 da:

Villiam Zifning (William Ziff) eng kichik o’g’li. Otasiga tegishli bo’lgan Ziff-Davis bosmaxonalar imperiyasining merosxo’ri. Kompaniya sotilgandan so’ng Villiam akalari Dirk va Robert bilan pullarini Ziff Brothers Investments shirkatida aylantirishadi. Yaqinda uylandi.
9. Lorenzo Fertitta (Lorenzo Fertitta), $1 milliard, kazinolar va Ultimate Fighting Championship ligasi, yoshi 41 da:

Fertitta o’zining milliardini asosan Ultimate Fighting Championship (qoidasiz kurash) ligasi orqali ishlab topgan.
10. Jerri Yang (Jerry Yang), $ 1,15 milliard, Yahoo! Kompaniyasi, yoshi 41

Tayvanda tug’ilgan Jerri 10 yoshida oilasi bilan Amerikaga ko’chib kelgan. 1994 yili Stanforddagi kursdoshi David Filo bilan birgalikda veb-xizmat ko’rsatuvchi shirkat tashkil qilishgan. Forbsning eng badavlat insonlar ro’yxatiga 29 yoshidanoq tushgan. Bir qator xayriya dasturlarning asoschisi.

***

Qiziq, agar Forbs O'zbekiston boyvachchalarini tekshirsa, qancha milliarder yoshlar chiqar ekan? O'zi milliarderlar bormikin? Nima deb o'ylaysiz, muhtaram mushtariy?
XS
SM
MD
LG