Линклар

Germaniya hamburglik janggari topshirilishini so‘ramoqda


Germaniya AQShdan Afg‘onistonda qo‘lga olingan janggarini topshirishni so‘ramoqda.

Asli hamburglik bo‘lgan Germaniya fuqarosi, 36 yoshli Ahmad Siddiq shu yil iyul oyida Qobul yaqinida ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan edi.

Hozirda u AQSh harbiylari nazoratidagi Bag‘ram havo bazasida saqlanmoqda.

Germaniya Federal prokuraturasi Siddiqni O‘zbekiston islomiy harakatiga aloqadorlikda gumonlamoqda.

Yaqinda g‘arb xavfsizlik hizmatlari Yevropaning bir qator shaharlarida terrorchilik hujumlari xavfi haqda ogohlantirgan edi.
XS
SM
MD
LG