Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama Qirg‘iziston xalqini parlament saylovini uyushqoqlikda o‘tkazgani bilan qutladi.

Obama Qirg‘izistondagi yakshanba kungi ovoz berishda chinakam demokratiya belgilari namoyon bo‘lganini qayd etdi.

Saylovlarni kuzatgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi yakshanba kungi ovoz berish siyosiy hurfikrlilik va jonli muhitda o‘tganini olqishlab, bu tadbir “keyingi demokratik jarayonlarni mustahkamlash uchun zamin yaratdi”, deb baholagan edi.

- Qirg‘izistonda parlament saylovlari xotirjam va tinch muhitda o‘tdi. Qirg‘iziston hukumati ovoz berish jarayonini demokratik andozalarga mos o‘tkazishga intilishni namoyon etdi, - dedi YeXHT kuzatuvchilar missiyasi koordinatori Morten Xogland.

Qirg‘iziston parlamentidagi 120 o‘rin uchun saylovlarda 29 partiya bellashdi. Saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, muxolifatdagi millatchi "Ata Jurt" partiyasi ko‘p ovoz to‘plagan.

Yakshanba kungi saylovlar Qirg‘iziston janubida kamida 400 inson umriga zomin bo‘lgan millatlar o‘rtasidagi qonli hodisalardan bir necha oy o‘tib o‘tkazildi.
XS
SM
MD
LG