Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:31

Erkin mikrofon - Xayrulla amnistiyaga tushdimi?


Xayrulla Hamidovning taqdiridan xavotir bildirib, uning tezroq ozod etilishini istagan muhlislari har kuni qo‘ng‘iroq qilishadi.
Xayrulla Hamidovning taqdiridan xavotir bildirib, uning tezroq ozod etilishini istagan muhlislari har kuni qo‘ng‘iroq qilishadi.
Bu savol bilan murojaat qilayotgan, Xayrulla Hamidovning ozod etilishini uning yaqinlari kabi intiqib kutayotgan o‘zbekistonliklar "Erkin mikrofon"ga deyarli har kuni qo‘ng‘iroq qiladi. Ozodlikka bugun qo‘ng‘iroq qilganlar orasida O‘zbekistonning yutuqlaridan faxrlanganlar va paxta mavsumi hangomalaridan gapirganlar ham bo‘ldi.

Xayrulla amnistiyaga tushdimi?

Qo‘qon shahridan qo‘ng‘iroq qilgan Ilyosbek diniy ayblovlar bilan 6 yilga qamalgan jurnalist Xayrulla Hamidovning muxlislaridan biri ekanini aytib, qamoq jazosini o‘tayotgan jurnalistning taqdiri bilan qiziqdi.

- Xayrulla Hamidov haqida bir narsa so‘ramoqchi edim. Bolnitsaga tushibdilarmi yo‘qmi shuni bilmoqchi edik.

Ozodlik: Xayrullaning muxlisimisizlar?

- Ha. Ancha bilardik, yaxshi tanirdik. Ancha disklarini eshitgan edik. Yaxshi narsalarni gapirishardi. Ëmonligi yo‘q ediyu uning. Bilmadik nima sababdan bunaqa bo‘ldi ekan. Shuni bir gapirib o‘tishdi. Yaqinda ayalari ham gapirib o‘tishdi. “100 foiz amnistiyaga tushadi”, deyishdi. O‘shandan keyin bilmadikda nima bo‘lganini. O‘shanga bilmoqchi bo‘lgan edik. Amnistiyaga tushdimi ëki yo‘qmi shuning xabarini eshitmoqchi edik, dedi qo‘qonlik Ilyosbek.


Xayrulla Dodamizga kechirim xati yozgan

Xayrulla Hamidovning taqdiridan xavotir bildirilgan telefon qo‘ng‘iroqlari Ozodlikka deyarli har kuni bo‘ladi. Qo‘qonlik Ilyosbek singari ko‘plab tinglovchilar istagini inobatga olib, Xayrulla Hamidovning onasi Muqaddas opa bilan bog‘lanib, Xayrulla borasidagi yangiliklardan so‘radik.

- Yangiliklar, endi amnistiyaga tushdi, deb kutib o‘tiribmiz. Statyasi amnistiyaga tushgan. Xudo xohlasa shularga insof bersa, kelib qolsa zora. Poylab o‘tiribmiz bolam. Borib keldim tag‘in ikki soatlikka. Yaxshi. Hamma so‘raganlarga salom dedi. Ishlaëtgan ekan o‘sha yerda klubga rahbar bo‘lib.

Ozodlik: Qachon borib keldingiz?

- Bir oy ham bo‘lmadi shekilli. Ikki soatlik uchrashuvimiz bor edi. Shunga dadasi bilan borib keldik. Bor oycha bo‘lib qoldi shekilli.

Ozodlik: Xayrullaning kayfiyatlari yaxshimi? Ko‘rinishlari qanaqa?

- Yaxshi. Boshida uncha emas edi. Ancha o‘zini tutib olibdi ishlarga tushib ketib. Nima qilsin endi u ham? Majbur o‘tiribdi. Iloji yo‘q. Xudo xohlasa, yaxshilik bo‘lib qoladi. “Ona, xavotir olmang”, deyapti. Bu gal borganimda ancha o‘zini tutib olibdi. Birinchi borganimda qanaqadir ancha o‘zini oldirib qo‘ygan edi.

Ozodlik: Muqaddas opa, klubga rahbarlik qilayapti dedingiz. Qanaqa klub ekan u?

- Klub ekan. Klubda ishlaëtgan ekan. Ijodkorligi, o‘zining ishi bo‘yicha. Madaniyat klublari borku, madaniyat xodimlari, shunaqa qilib qo‘yibdi. “O‘sha yerda ishlayapman”, dedi. Ishga tushgandan keyin ancha o‘zini tutib olibdi. U yerda ham ijod bilan shug‘ullanayapti.

Ozodlik: Amnistiyaga tushganini Xayrullaning o‘zi aytdimi?

- Bizlar undan oldin bordikku, mana gazetada chiqdi, radio, televideniyeda. Xayrullaning statyasi shundoq tushib turibdi, Xudo xohlasa. Beshinchi bandimi, nechanchi bandi dadasi? (Shu yerda Xayrullaning dadasining beshinchi degan ovozi eshitildi) Beshinchi bandi to‘g‘ri kelib turgan ekan. 244-moddaning beshinchi bandi bo‘yicha birinchi qamalganlar ilingan deyilgan. Shunga to‘g‘ri kelayapti. Shuning uchunn chiqib qoladi, deb o‘tiribmiz. Kechirim xatlari ëzgan ekan o‘g‘lim u ëqqa. Kechirim xati ëzgan ekan tepaga. Dodamizga kechirim xati ëzgan ekan. Hech aybim yo‘q deyaptiyu. Shunda ham “agar nima bo‘lsa, kechiringlar”, degan ekan. Bu yerdan javob borgan ekan u ëqqa. Turmaga javobi borgan ekan. “Ko‘rib muassasa hal qilinsin”, debdi. “Avf etilsin, ko‘rilsin teshirilib komissiyalar”, deyilgan. Zora shularga insof bersin, deb o‘tiribman qizim. Xatlar ëzgan tepaga. O‘zi ëzgan ekan prezidentimizga. “Xudo xohlasa, kechirib qolar. Shuncha odamni kechirganku”, deb o‘tiribman. Nima qilay, dedi Xayrulla Hamidovning onasi Muqaddas opa.


Angorliklar kechasi chiroq yorug‘ida paxta terishayapti

Surxondaryoning Angor tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan bir otaxon Angordagi paxta mavsumida kuzatilayotgan “hangomalar”ni tilga oladi. Unga ko‘ra, to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ham paxta dalasiga haydalib, angorliklar kechasi mashina chirog‘i yorug‘ida paxta terishga majburlanayapti.

- Angor rayonida hozir paxtani to‘rtinchi sinf bolalari ham terayapti, o‘qituvchilar ham terayapti.

Ozodlik: To‘rtinchi sinflar ham paxtadami?

- To‘rtinchi sinf, beshinchi sinflar ham paxtada. Kechasi soat 1-2gacha paxta zavodda razbor bo‘ladida. Hokimning o‘zi qatnashadi. U yerda hamma fermerlar bo‘ladi, maktab direktorlari, mahalla komiteti raislari, paxtaga aloqador o‘rmalab yurgan men rahbar deganlarning hamamsi paxta zavodga to‘planadida, normani bajarmaganini chekalab avtobusga mindirib olib borib paxtzorga, svyet ëqib, o‘qituvchilarga, vrachlarga, kim oldidan kelsa, ilashganiga hammasini mashinaga bosadida, traktorning svyetini ëqdirib kechasi paxta terdiradi.

Ozodlik: Kechasi mashinaning svyetini ëqib paxta terishayaptimi?

- Ha. Kechasi mashinaning, traktorning, avtobusning svyetini ëqib qo‘yadida, paxta terdiradi. Prokuror, nachalnik militsiya, hokimning o‘zi turadi. Endi mahallalarga shunday soliq solib tashlagan. Mana mahallaga moy beradi, un beradiku. Har bir nafaqa olaëtgan bolali xotinga “10 kilodan paxta terib berasan ëki 1000 so‘mdan pul berasan” deydi. 1000-1500 so‘mdan pulini oladida, keyin mahalladagi o‘zining norma unini beradi, moyini beradi. Agar 1000 so‘mdan pul bermasa, har kun 10 kilodan paxta terib berishi kerak. Pulini bermasa ëki paxta terib bermasa, unini ham bermaydi, moyini ham bermaydi, nafaqa pulini ham bermaydi. Bizning O‘zbekistonning tizimi qaysi tizimga kiradi o‘zi? Kapitalizmmi, sotsializmmi, byurokratizmmi, deydi angorlik otaxon.


Qirg‘izistonga qaytmaymiz

Tojikistondan qo‘ng‘iroq qilgan Nodir ismli tinglovchi, asli Qirg‘izistonnning O‘sh viloyatidan. Nodir aka joriy yilning iyun oyidagi O‘sh qirg‘inidan keyin oilasi bilan Tojikistonga qochib ketganini va Qirg‘izistonga qaytish niyati yo‘qligini aytadi.

- Biz asli o‘shliklarmiz. Qirg‘izistondan qochib kelganlarmiz. Tojikistonda turibmiz.

Ozodlik: Qachon qochib kelgansizlar?

- Iyul oyida kelganmiz. Oilam bilan qochib kelganman.

Ozodlik: Nima uchun Tojikistonga qochdingizlar?

- Chunki Tojikistonda nisbatan stabilniylik bor edi. Keyin bejeneslarni qabul qilishga sharoitlari sal bo‘lsa ham tinchlik bo‘lganligi uchun shu yerga keldik.

Ozodlik: Endi Qirg‘izistonga qaytmoqchimisizlar?

- Yo‘q, hali-beri yaqin orada qaytib borish niyatimiz yo‘q.

Ozodlik: Nima qilmoqchisizlar?

- Hozir bu yerda turib "bejenes", degan maqomni olib, yurtimizga borish niyatimiz yo‘q. Aslida bu yerningmi boshqa yerningmi grajdanligini olib, ishlab, Qirg‘izistonda barqarorlik bo‘lgandan keyin ketamiz, deydi Nodir aka.


O‘zbekiston bilan faxrlanaman

Namanganning Pop tumanida yashovchi Ixtiyorjon mustaqil O‘zbekistonning 19 yil davomida erishgan yutuqlari bilan faxrlanishini aytib, O‘zbekiston bundan keyin ham katta muvaffaqiyatlarga erishishidan umidvorligini aytadi.

- Xudoga shukur qilamiz. Misol uchun bizning yurtdoshlar shunchalik shukur qilishi kerakki, biz davlatimizning, respublikamizning tinchligiga shukur qilib yashashimiz kerak. Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur qil, deydiku. Barcha yurtdoshlarimizga aytamanki, vatanimizda qilinaëtgan bunëdkorliklar, yaxshi ishlarga hamma bir ëqadan bosh chiqarib harakat qilsak, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi. Mana Xudoga shukur 19 yilda mana shuncha o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, bundan keyin Xudo xohlasa, bundan ham zo‘r bo‘ladi. Turmush haëtimiz yanada yaxshilashadi. Hech narsa to‘la-to‘kis bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. To‘g‘ri, hamma narsada kamchilik bo‘ladi. Asta-asta o‘zimizga bog‘liq. Mana shu kamchiliklarni bartaraf qilish o‘zimizga bog‘liq, deydi poplik Ixtiyorjon.

**********************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 773 267 230 raqamiga yo‘llang.

“Erkin mikrofon” sizga muntazir!

“Erkin mikrofon” rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!
XS
SM
MD
LG