Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:01

"Paxta tersang tunda ter!" yohud Angordagi paxta hangomalari


Angorda ahvol chatoqligini Surxondaryo viloyati mulozimi ham tasdiqladi.
Angorda ahvol chatoqligini Surxondaryo viloyati mulozimi ham tasdiqladi.

Surxondaryoning Angor tumanida to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ham paxta dalasiga haydalib, angorliklar kechasi traktor chirog‘i yorug‘ida paxta terishga majburlanayapti. 10 kilodan paxta termagan bolalik ayollar va pensionerlarga nafaqa pullari berilmayapti.


Surxondaryolik mulozimlar bu kabi holatlar mavjudligini inkor qilgan bo‘lsada, Angorda bu yilgi paxta mavsumi ancha jiddiy o‘tayotganini yashirishmadi.

Traktor chirog‘i yorug‘ida kechasi paxta terganni eshitganmisiz?

Angordagi bu yilgi paxta mavsumi manzarasi sobiq ittifoq davridagi paxta davrini esga soladi.

Angorlik bir otaxonning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, tumanda kunlik paxta normasini bajarmagan fermerlar kechasi ham paxta terishga majbur qilinmoqda.

Kechasi dala boshiga keltirilgan traktor chirog‘i yorug‘ida o‘qituvchi va shifokorlardan iborat hasharchilar paxta terishmoqda, deydi hayratini yashira olmagan angorlik otaxon.
O'zbekiston paxta exporti bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Bir yillik expotning xajmi800 ming tonnadan ortiq. O'zbek paxtasini asosan Evropa davlatrali sotib oladi.
- Kechasi soat 1-2gacha paxta zavodda razbor bo‘ladi. Hokimning o‘zi qatnashadi. U yerda hamma fermerlar bo‘ladi, maktab direktorlari, mahalla komiteti raislari, paxtaga aloqador, men rahbarman deganlarning hammasi paxta zavodga to‘planadi. Normani bajarmaganini avtobusga mindirib olib borib paxtazorga, svyet ëqib qo‘yib paxta terdirayapti. O‘qituvchilar, vrachlar hammasini mashinaga bosadida kechasi mashinaning, traktorning, avtobusning svyetini ëqib qo‘yadida, paxta terdiradi. Prokuror, nachalnik militsiya, hokimning o‘zi turadi dala boshida, dedi angorlik otaxon.

Biz bilan suhbatda bo‘lgan biroq ovozi yozib olinishini istamagan angorlik boshqa bir suhbatdosh ham hasharchilar kechasi dalaga haydalayotganini tasdiqlab, qo‘shnilaridan biri ham kechasi paxta tergani haqida gapirib berdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, kechasi paxta terishga majburlanayotganlar - o‘qituvchi va shifokorlar hamda boshqa byudjet tashkilotlarining ishchi-xizmatchilaridan iborat brigadalardir.

Surxondaryo viloyat xokimi yordamchisi viloyatda paxta rejasi allaqachon bajarilganini, biroq Angor tumanida paxta ko‘rsatkichlari ancha pastligini aytib, tumandagi vaziyat jiddiyligi haqida gapirdi.

Ozodlik: Surxondaryoda paxta rejasi qancha bo‘ldi?

- Topshirdik, raport berdik uje.

Ozodlik: Angor tumanida paxta bilan bog‘liq ahvol qanday?

- Angorda sal qiyin.

Ozodlik: Nimaga Angorda qiyin bo‘layapti?

- Yaxshi qaramaganda paxtaga.

Ozodlik: Angordagi vaziyatni yaxshilash uchun nima qilinayapti?

- Terish kerak, faqat terish kerak paxtani, dedi anchayin jiddiy ohangda viloyat xokimi yordamchisi.
Evropaning yirik inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari O'zbekiston davlatini paxta dalalarida bolalarni ishlatmaslikga chaqirib keladi. Ularning tanqidiy bayonotnomalaridan so'ng 2008 Tesco va Debenhams kabi yirik shirkatlar o'zbek paxtasini sotib olishdan voz kechgan.
“Faqat terish kerak paxtani”, deya ta‘kidlagan Surxondaryo viloyat xokimi o‘rinbosari balki kechayu-kunduz paxta terishni nazarda tutgandir degan fikrda kechasi ham paxta terilyaptimi, deb so‘radik.

- Yo‘q, bunaqa holat bo‘layotgani yo‘q. Kim aytdi buni sizga? Kechasi hamma dam olayapti, dedi Surxondaryo viloyat xokimi yordamchisi.


O‘n kilodan paxta termagan pensiya pulini olmaydi

Angorda paxta mavsumi ancha jiddiyligini yana bir holatda kuzatish mumkin.

Angorlik bir tinglovchining Ozodlikka aytishicha, 10 kilodan paxta termagan bolalik ayollar va pensionerlarga nafaqa pullari berilmayapti.

- Endi mahallalarga shunday soliq solib tashlagan. Mana mahallaga moy beradi, un beradiku. Har bir nafaqa olaëtgan bolali xotinga “10 kilodan paxta terib berasan ëki 1000 so‘mdan pul berasan” deydi. 1000-1500 so‘mdan pulini oladida, keyin mahalladagi o‘zining norma unini beradi, moyini beradi. Agar 1000 so‘mdan pul bermasa, har kun 10 kilodan paxta terib berishi kerak. Pulini bermasa ëki paxta terib bermasa, unini ham bermaydi, moyini ham bermaydi, nafaqa pulini ham bermaydi. Bizning O‘zbekistonning tizimi qaysi tizimga kiradi o‘zi? Kapitalizmmi, sotsializmmi, byurokratizmmi, deydi angorlik otaxon.

Angor tuman xokimligining iqtisodiy masalalar bo‘yicha ma‘sul mulozimi bilan telefon orqali bog‘langanimizda, u bu holat mavjudligini tasdiqlamadi, lekin inkor ham qilmadi.

Ozodlik: Agar 10 kilo paxta termasang nafaqa pulingni bermayman ëki o‘sha 10 kilo paxtaning pulini berasan degan gap bo‘layapti ekan. Shunaqa faktlar bormi yo‘qmi?

- Men eshitganim yo‘q.

Ozodlik: Siz eshitganim yo‘q deyapsiz, demak bunday holatlar bo‘layapti-yu siz eshitmaganmisiz?

- Menga qarang, unaqa har xil savolni menga telefonda bermang. Tushundingizmi? Bizda hokimiyatda qat‘iy tartib bor. Har kim o‘zining vazifasini bajaradi. Keyin boya aytganingizday kim pulini ololmagan bo‘lsa, tegishli tartibda hal qilinadi. Masalan kimdir ololmadim dedi. Balki tayinlanmagandir unga posobiye, dedi Angor tuman xokimligi mulozimi.


Angorlik o‘n bir yoshli bolalar ham dalada

Ayni paytda Angor tumani paxta rejasini bajara olmayotgani ortidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham dalaga haydaldi.

Angordan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda to‘rtinchi va beshinchi sinf o‘quvchilari ham paxta terimiga jalb qilingan.

- Angorda to‘rtinchi sinf o‘quvchilari dalada ko‘rak terayapti. Shu ko‘rakni paxtasini olib keyin zavodga olib borib topshirishayapti, dedi angorlik bir suhbatdosh.

Angor tumani ta‘lim sohasida ishlayotgan, ismi oshkor bo‘lishini istamagan suhbatdoshimizga ko‘ra, tuman paxta rejasini bajarmaguncha angorlik bolalar hali beri maktabga qaytmaydi.
XS
SM
MD
LG