Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:26

NATO vyertolyotidagi portlashga isyonchilar hujujmi sabab bo‘ldi


Afg‘onistondagi Xalqaro koalitsiya kuchlari harbiy vyertolyotlardan birida ro‘y bergan portlashga isyonchilar granatamyotdan o‘t ochgani sabab bo‘lganini aytdi.

12 oktabr kuni Afg‘oniston sharqida vyertolyot bortida portlash sodir bo‘lgani oqibatida bir harbiy nobud bo‘ldi, sakkiz nafari yaralandi.

Xalqaro koalitsiya kuchlari e‘lon qilgan bayonotda bildirilishicha, "CH-47 Chinook“ rusumidagi vyertolyot yerga qo‘nib, orqa eshikdan yuklar endi tushirila boshlangan paytda isyonchilar vyertolyotning yuk bo‘limini granatamyotdan o‘qqa tutgan.

NATO yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari voqea qayerda bo‘lganini ma‘lum qilmadi.
XS
SM
MD
LG