Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:45

Shimoliy Koreya rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li hokimiyat meros qolishiga qarshi


Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Irning katta o‘g‘li o‘z oilasi hokimiyatni qo‘lida saqlab qolishiga qarshi ekanini aytmoqda.

39 yashar Kim Chen Nam Yaponiyaning “Asaxi” telekanalida efirga berilgan intervyuda “hokimiyat uchinchi avlodga meros bo‘lib o‘tishiga qarshi ekani”ni ta‘kidladi.

Kim Chen Namning o‘gay ukasi Kim Chen Un yaqinda Shimoliy Koreyadagi hukmron Ishchilar partiyasining markaziy qo‘mitasi a‘zosi etib tayinlandi.

Bu kenja o‘g‘ilning davlat hokimiyatini otasidan qabul qilib olishiga ishora sifatida ko‘rilmoqda.

Qimorga moyilligi bilan yaxshi tanilgan Kim Chen Namga yaqin paytgacha otasining vorisi sifatida qarab kelingan edi.

Ammo Tokiodagi “Disneyland” parkiga borish uchun soxta pasport bilan Yaponiyaga kirishga uringan paytda qo‘lga tushganidan keyin Kim Chen Nam vorislikdan mosuvo bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG