Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:33

O‘zbekiston va Braziliya hamkorlikni kengaytirish niyatida


O'zbekiston prezident Islom Karimov Braziliya prezidenti Lula bilan.
O'zbekiston prezident Islom Karimov Braziliya prezidenti Lula bilan.
Braziliyaning Taraqqiyot, sanoat va tashqi savdo vaziri Vyelber Barral boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki tomon turizm, maorif va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.

Vazir Barral hozirda ikki tomon bu sohalardagi aloqalarni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega, deya bayon qildi.

Biroq Barralga ko‘ra, o‘z mamlakati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar ikki davlat ega bo‘lgan real imkoniyatlari va potensialiga mos kelmaydi.

Braziliya 1991 yil 26 dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan. 1993 yil 30 aprelda o‘zaro diplomatik aloqalar o‘rnatilgan.

2007 yil avgustida Brazilia shahrida O‘zbekiston-Braziliya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ilk siyosiy konsultatsiya bo‘lib o‘tgan.
XS
SM
MD
LG