Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:47

O‘zbekiston elchisi Chexiya prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirdi


Qarorgohi Berlinda joylashgan O‘zbekistonning Chexiya Respublikasidagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov Chexiya Prezidenti Vatslav Klausga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

“Trend.az” saytining bildirishicha, O‘zbekiston elchisi va prezident Klaus siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, gumanitar sohalarda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi aloqalarning hozirgi ahvoli va istiqbollari borasida fikr almashgan.

Prezident Vatslav Klaus O‘zbekistonni Chexiya bilan do‘stona aloqalari bo‘lgan muhim xalqaro hamkor, deb bilishini aytgan.

Dilshod Ahatov 2010 yil may oyida O‘zbekiston parlamentining Senati tomonidan O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchisi etib tayinlangan
XS
SM
MD
LG