Линклар

logo-print

Ukrainadagi yo‘l halokatida 42 kishi nobud bo‘ldi


Ukraina sharqida poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida 42 kishi nobud bo‘lgani xabar qilindi.

To‘qnashuv 12 oktabr kuni erta tongda Dnepropetrovsk viloyatining Marxanes shahri yaqinida ro‘y berdi.

Hukumat yig‘ilishida so‘zlagan Transport vaziri Konstantik Yefimenko fojia haqida bularni aytdi.

- Avtobus to‘xtab turgan bo‘lgan. Ammo haydovchi joyiga o‘tirib avtobusni to‘g‘ri lokomotiv yo‘liga qarab haydagan. Tirik qolgan yo‘lovchilarning aytishlaricha, ular haydovchiga xavfsizlik qo‘ng‘irog‘i chalinayotgani va avtobusni to‘xtatish kerakligi haqida baqirganlar, dedi Transport vaziri.

Ukraina Bosh vaziri Nikolay Azarov o‘z hukumatiga nobud bo‘lgan har bir yo‘lovchining yaqinlariga 12 yarim ming AQSh dollariga teng miqdorda pul ajratish haqida ko‘rsatma berdi.

Ayni paytda, Bosh vazir mamlakatdagi barcha temir yo‘llarining avtomobil yo‘llari bilan kesishadigan joylarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdi.
XS
SM
MD
LG