Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:49

Malik Mansur: Men aybdor emasman!



13 oktabr kuni Toshkent shahri jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Abdumalik Boboyev ustidan boshlangan mahkamaning uchinchi majlisida jurnalist va uning advokati sudga o‘nga yaqin iltimosnoma kiritgan, biroq ularning barchasi rad etilgan.

O'qishni hohlamaysizmi? Unda maqolaning audiosini eshiting:


Malik Mansur taxallusi bilan ijod qilgan Abdumalik Boboyev “Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon shtatsiz-jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelayapti.
Abdumalik Boboyevning Ozodlikka bildirishicha, iltimosnomalardan birortasi ham qabul qilinmagach uning advokati sudya Sa‘dulla Ashurmatovga otvod bergan. Lekni sud baribir hay'atda ishini davom ettirdi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi monitoring markazi Abdumalik Boboyevning Amerika ovozi radiosi orqali efirga ketgan yigirmaga yaqin maqolasini O‘zbekistonga nisbatan tuhmat va haqorat deya topgan. Boboevning bu maqolalari iqlim o'zgarishi va uning mintaqaga ta'siri, moliyaviy inqiroz va O'zbekiston so'gliqni saqalsh tizimi haqida bo'lgan.

Abdumalik Boboevning aytishicha, uning advokati Sergey Mayorov sudga taqdim qilingan ekspertizani boshqatdan o‘tkazish borasida sudga iltimosnom bergan, lekin u ham rad qilingan.

Abdumalik Boboev “Amerika ovozi” radiosida 2002 yildan beri ishlaydi. "Amerika ovozi"ning o‘zbek xizmati boshlig‘i Javdat Sayhon Ozodlik bilan suhbatda jurnalist Malik Mansur O‘zbekistondagi voqealarni xolisona yoritib kelgani, o‘z vazifasini professional darajada, qolavyersa, “Amerika ovozi” jurnalistik qoidalariga sodiq holda bajarib kelayotganini ta‘kidladi.

Ayni paytda YeHXT va AQSh rasmiylari, shuningdek, “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti Abdumalik Boboyevga nisbatan sudlov jarayoni mutlaqo siyosiy motivlarga asoslangani va buning ortida mustaqil jurnalistlarga nisbatan ta‘qibning yangi ko‘rinishi boshlanayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirilganlar.

Sudning keyingi majlisi 15 oktabr kuniga belgilandi.
XS
SM
MD
LG