Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:25

O'shlik deputat Anvar Ortiqov bilan suhbat


10 oktabr kuni Qig'izistongda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida 29 (rekord!) siyosiy partiyasi qatnashdi va ularning faqat beshtasi 5 foizlik to'siqni engib Jog'orqu Keneshda (parlament) joy oladigan bo'ldi. Ularning biri militsiya generali Feliks Qulov ("Jelezniy Feliks") boshchiligidagi Or-Nomus partiyasi.

Bugungi suhbatdoshimiz o'shlik o'zbek Anvar Ortiqov Or-Nomus partiyasining deputatlar ro'yhatida beshinchi o'rinda turadi. Anvar Ortiqov 2005 yili Qirg'izistonning eks-prezidenti Asqar Akaev hukumati qulagandan so'ng O'sh viloyatining hokimi etib tayinlangan. Biroq ko'p o'tmasdan o'z lavozimidan bo'shatilgan edi.

Anvar Ortiqov Qirg'izistonning yangi parlamentiga saylangan ikki o'zbek deputatining biri. Solishtiradigan bo'lsak, bundan oldingi parlamentda 5 o'zbek, undan oldingisida esa 7 o'zbek deputati bor edi.

Suhbatimizda Anvar Ortiqov Or-Nomus partiyasi haqida, nima uchun qirg'izistonlik o'zbeklarning ko'pi aynan shu partiyaga ovoz berganligi haqida va mamlakatda tatrib o'rnatish bo'yicha uning partiyasi nima ishlarni rejalashtirayotgani haqida aytib berdi.

Suhbatning audiosini eshiting:
XS
SM
MD
LG