Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 15:40

Twitter milliard odam yig‘a oladimi?


World -- This picture taken on July 20, 2009 in Paris shows the frontpage of Twitter, a leading Internet microblogging site.
World -- This picture taken on July 20, 2009 in Paris shows the frontpage of Twitter, a leading Internet microblogging site.
Twitter mikroblog xizmatining asoschilari Biz Stoun (Biz Stone) va Evan Villiams (Evan Williams) Twitterning jamiyatga bo‘lgan ta‘siri va malumot almashishni qanchalar o‘zgartirgani haqida suhbat qurishdi. Suhbatni Businesweek ning Brand Stoun (Brand Stone) jurnalisti olib bordi.

Suhbat davomida Twitter qanchalik dunyo boylab yoyilgani va kimlar u bilan foydalanishi haqida savollar bilan boshlandi. Evan Villiamsning aytishicha, Twitter mikroblog xizmati bugungi kunda juda ham mashxur va ko‘pchilik uni o‘z kundalik ishini tezlashtirish va samarisni oshirishda ishlatadi. "Twitterga har kuni 1,8 million yangi foydalanuvchilar qo‘shiladi. Bu esa mening vatanim bo‘lmish Nebraska shtatining axolisidan ham ko‘p", deya ta‘kidlaydi Evan.

Yosh to'lqinning Twitter sahifasini kuzatib borishni unutmang.
Mana bir necha kundirki Twitterning yangi ko‘rinishi barcha foydalanuvchilarga taqdim etildi. Twitter yangi ko‘rinishni majburan kirgizgani yo‘q. Agar yangi korinish yoqmasa, foydalanuvchilar bir klik, yani kompyuter sichqonining bir bosish bilan eski ko‘rinishga qaytishi mumkin. "Saytimizning yangi ko‘rinishi oldingisiga o‘xshab oddiy, lekin o‘z ichida ko‘proq ma‘lumot qamraydi", deydi Biz Stoun.

Suhbatning oxirida "Twitter milliard foydalanuchi yig‘a oladimi?" degan savolga Evan Villiams "ha, biz bunga ishonchimiz komil", deya javob berdi. Lekin qancha vaqt ichida milliard foydalanuvchini jalb qila olishi haqida Villiams indamadi.

Agar kuniga 1,8 million yangi foydalanuvchilarning qo‘shilayotganini hisobga olsak, chindan ham ikki-uch yil ichida Twitterchilarning soni milliardga etib qolishi mumkin.

Twitter mikroblog xizmatining dunyo bo‘ylab mashxurligiga qaramasdan O‘zbekistonda u keng tarqalmagan. Aziz mushtariy, buni sababi nimada deb oylaysiz?

Aytgancha, agar yangiliklardan orqada qolishni istamasangiz, Yosh to'lqinning Twitterdagi sahifasini kuzatib borishni unutmang!

XS
SM
MD
LG