Линклар

Tyumen viloyati musulmonlar diniy boshqarmasi 10 oktabr kuni Rossiyaning Tyumen shahrida otib ketilgan “Nur Islom” masjidi imomi, o‘zbekistonlik dindor Isomitdin Akbarov oilasiga yordam berish uchun maxsus Jamg‘arma tashkil etilayotganini ma‘lum qildi.

Bu haqda xabar qilgan boshqarma boshlig‘i Galimjan Bikmullinga ko‘ra, Noviy Urengoy masjidi imom-xatibi marhum Isomiddin Akbarovning 10 nafar farzandi yetim qolgan.

- Men uning ikkinchi xotini homilador ekanligi to‘g‘risida bugun xabar topdim. Uning ayollari hech qayerda ishlamasa, kim ularga yordam ko‘rsatadi? Shuning uchun uning oilasiga doimo yordam berib turuvchi jamg‘arma tuzilishi kerak, deb hisoblayman, dedi Galimjan Bikmullin.
XS
SM
MD
LG