Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:04

Rossiyada aholini ro‘yxatga olish kampaniyasi boshlandi


Rossiya bo‘ylab 650 ming xodim 25 oktabrga qadar odamlardan ularning oilaviy ahvoli, tug‘ilgan joyi, millati kabi sohalarga oid o‘nlab savollarga javob oladilar.

Rossiya aholisi 142 million ekani aytiladi. 1991 yilda Sovyet Ittifoqi parchalangan paytda mamlakat aholisi soni 148 million kishini tashkil etgan.

2002 yildan beri birinchi marta o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish kampaniyasi uchun Rossiya hukumati 17 million AQSh dollari sarflamoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish natijasi kelasi yil oxirida ma‘lum bo‘lishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG