Линклар

Afg‘oniston g‘arbida amalga oshirilgan hujum oqibatida NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlarining to‘rt askari nobud bo‘ldi.

Yana biri mamlakat sharqida isyonchilar uyushtirgan hujum paytida o‘ldi.

NATO rasmiylari halok bo‘lgan askarlar qaysi davlat fuqarolari ekani va hujumga oid boshqa ma‘lumot tarqatmadi.

Afg‘onistonning g‘arbiy mintaqasiga AQSh, Italiya, Ispaniya va Litva qo‘shinlari tashlangan.

Afg‘onistonda shu oyning o‘zida 35dan ortiq xorijlik askar nobud bo‘ldi.

Afg‘onistonda to‘qqiz yildan beri olib borilayotgan harbiy amaliyotlar davomida 2010 yil Xalqaro koalitsiya kuchlari eng ko‘p talafot ko‘rgan yil bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG