Линклар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tinboyevaga mamlakatda parlament saylovlarining o‘tgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

"Hurmatli Roza Isakovna! Joriy yil 10 oktabrda Qirg‘izistonda parlament saylovlari barqaror va demokratik muhitda o‘tgani munosabati bilan tabrigimni qabul qilgaysiz", deya O‘zbekiston prezidentining tabriknomasidan iqtibos keltiradi Qirg‘izistondagi “Kabar” milliy axborot agentligi.

Qirg‘izistonda o‘tgan parlament saylovlarining nimasi bilan tabriklash mumkin, degan savol tug‘iladi. Bu savol iyun oyi mudhish voqealarini aksida yana ham jiddiy tus oladi. Chunki parlament saylovlarida eng ko‘p ovoz olib, yutib chiqgan "Ota Yurt" (Ata Jurt) partiyasining liderlari o‘zlarining millatchilik g‘oyalari bilan Qirg‘iziston o‘zbeklari ichida "dong‘i" ketgan.

Shu fikrlardan keyin, "bu tabrik rasmiylikdan boshqa narsa emasmikin", deb o‘ylanib qolasan kishi. Siz nima deb o‘ylaysiz, aziz saytimiz mehmoni?
XS
SM
MD
LG