Линклар

O‘shda qurilish materiallari tanqisligi sezilmoqda


"Oraliq" uylar qurilishi bitishini kutayotgan o‘shlik o‘zbeklarning aksari qo‘lbola chodirlar ostida kun kechirmoqda.

"Oraliq" uylar qurilishi bitishini kutayotgan o‘shlik o‘zbeklarning aksari qo‘lbola chodirlar ostida kun kechirmoqda.

O‘shda kuyib ketgan uylarning darvozalariga ko‘k yozuvli plakatlar ilingan. Bu yozuv mazkur xonadonda "oraliq" uylar "ACTED" tashkiloti hamda BMT Qochqinlar idorasi ko‘magida qurilayotgani haqidadir. Bu tashkilotlar qurayotgan uylar uchun qurilish materiallari yetishmayapti.

O'ishni hohlamaysizmi? Unda maqolaning audiosini eshiting:


Majrimtol ko‘chasida yonib ketgan uylarning har birida qurilish ishlari ketmoqda. Kimningdir xovlisida poydevor quyilib, devor ko‘tarilishi kutilmoqda. Qo‘shni xovlida esa yigitlar g‘isht termoqda. Yana bir xovlida esa, devori ko‘tarilgan uy ustalarsiz turibdi.

Majrimtollik Karimovlar xonadoni boshlig‘i G‘ulomjon aka qurilish materiallari yetishmayotganini aytadi.

- Lampalik, tunuka, tom, svyetga montaj qilgani sim, pechka, eshik, rom kerak. Meni ustalarim – kampirimning jiyanlari. Bir kunda tunukani qoqib, lampani qilsa, bir kunda suvaydi. Eshik romni aniq olib kelsa, ikki kunlik ish qoldi. 15 kun bo‘ldi mana bu tarafini qilganiga. Poydevorni ikki kunda quyishib qo‘ydi. Bir xafta yurdi-g‘isht yo‘q. G‘isht berdi, undan keyin devorni pulini olib ustiga yog‘och teramiz deyishdi. Yomg‘irda masjidda yotayapman. Kampirim bolalarnikiga ketayapti,- deydi yoshi 60dan oshgan majrimtollik otaxon.

O'sh va Jaloloboddagi yonib ketgan uylar ACTED va BMT Qochqinlar idorasi ko'magida qurilyapti.Sharq ayili mahallasida yashovchi Munojotxon aya ham yaqin kunlarda "oraliq" uyli bo‘lib qolishga umidi borligini aytadi. Biroq bu mahallada ham qurilish materiallari o‘z vaqtida yetkazib berilmayapti.

- Endi xamma narsa kelib tursa xech narsamas, Ollox kunini bersa. Zahirasi bilan kelmasa hammaga yetkazish qiyin ekan. Biz hisobda 14 jonmiz. Ikki xona qurilayapti. Shunga xafa bo‘lib koyiyapman-da. Ikkita kelinim, qizim, bolalari bilan, xo‘jayin xammamiz,- deydi u.

Kuzgi yomg‘irda palatkada suv ostida kun kechirishga majbur bo‘lganini gapirar ekan, oltmishdan oshgan onaxon bularni qo‘shimcha qildi.

- Hisobda bir xaftacha bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘di. Ob-havo o‘zgargan sari, sovuq bo‘lib qolayapti ertalab, kechqurun. Avval bitta ko‘ylak bilan yurayotgan edik. Hozir ikki-uchta kiyib olayapmiz. Ko‘rpa ikkita yopayapmiz, tagimizga, tepamizga qilib. Xudoga shukur, nima qilaylik? Bandamiz, qoyilmiz hamma ishga. Ko‘p yomg‘ir yoqqanida, burchagimizdan ko‘p o‘tayapti. Keyin tagimizga ketayapti-da. Keyin to‘xtaganidan keyin iloji bo‘lsa, oftob chiqqanida, palatkalarni ko‘tarayapmiz. Iloji bo‘lmasa, shunday qolayapti, deydi Sharq ayilida yashovchi onaxon.

Iyin oyi voqealarida Osh va Jalolobov shaharlarida kuyib ketgan uylarnng o'rniga "oraliq" uylari tiklanayotgani haqida videolavhamizni tamosha qiling.
Idorasi O‘shda joylashgan "ACTED" nodavlat tashkilotining xodimi Robin Nataf bugungi kunda BMT Qochqinlar idorasi va yana bir qancha xorijiy hayriya tashkilotlari ko‘magida uysiz qolganlarga “oraliq” uylarni qurib berishayotganini aytdi. Shu bilan birga janob Nataf o‘shliklar tilga olgan qurilish materiallarining o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani sabablarini izohlab berdi.

- Hozirgi vaktda O‘sh va Jalolobod shaharlarida 1400ga yaqin “oralik” uylar qurilmoqda. Bu uylarning qurilishi ikki yarim oy ichida bitirilishi mo‘ljallangan. Shuning uchun regionda bor qurilish materiallarini ishlatishda katta muammo bo‘layapti. Chunki birdaniga bir yarim mingta uyni qurish uchun qurilish materiallarini yetkazish qiyin. Shuning uchun eng asosiy muammomiz qurilish materiallarining yetishmayotganidir. Biz o‘zimiz rejalashtirgandek ishlarni tez olib borishga qiynalayapmiz. BMT qochqinlar idorasi shu kurilish materiallarini bizga olib kelib berishga mas‘ul,- deydi "ACTED" halqaro tashkilotining O‘shdagi vakili Robin Nataf.

Ayni paytda "ACTED" tashkilotining o‘zi BMT Qochqinlar idorasi ko‘magida O‘shning o‘zbek mahallalarida 560ta “oraliq” uylarni qurmoqda.

Shuningdek, mazkur tashkilot ikki ming oilaga yordam ko‘rsatgan.

O‘shdagi “oraliq” uylar qurilishida mahalliy o‘zbeklar ishlamoqda. Quruvchi yigitlarga maoshni ham shu tashkilot bermoqda.
XS
SM
MD
LG