Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:37

Malik Boboyevning ishi yuzasidan hukm o‘qildi


Uzbekistan - correspondent of VOA Abdumalik Boboyev, undated
Uzbekistan - correspondent of VOA Abdumalik Boboyev, undated
Abdumalik Boboyev eng kam ish haqining 400 barobar miqdorida jarimaga tortildi. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Amerika ovozi” radiosi muxbiri Boboyevni tuhmat va haqorat qilganlik, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlaganlik va tarqatganlikda aybdor, deb topdi.

Abdumalik Boboyev O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244, 140, 139, 223-moddalari bo‘yicha: tuhmat va haqorat, O‘zbekiston davlat chegarasidan noqonuniy o‘tish va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash yohud tarqatishda ayblanayotgan edi. Boboev 233 modda bo'yicha aybsiz, qolgan moddalar boyicha aybdor deb topildi.

Qator xalqaro tashkilotlar Boboyevning ustidan jinoish ish ochilganini tanqid qilib kelayotgan edi.

Xususan, Xalqaro eshittirishlar bo‘yicha AQSh kengashi ham 13 oktabr kuni Praga shahridagi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘inda “Amerika ovozi” radiosi muxbiri Abdumalik Boboyev taqdiri borasida jiddiy xavotir bildirib O‘zbekistonni Boboyevga qo‘yilayotgan ayblovlarni olib tashlashga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG