Линклар

Bu haqda “Ekspress-K” nashriga tayanib tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istonga ketganidan keyin yaqinlar bilan aloqasi uzilgan o‘zbeklardan biri begona telefon raqamidan oilasiga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo, ahvolini tushuntirishga ulgurmasidan aloqani uzishgan.

Keyinchalik ayni raqamga bog‘langan yaqinlari farzandi qullikda ekanini fahmlagan va qozoq militsiyasiga murojaat qilgan.

Militsiya tomonidan ozod etilgan o‘zbek muhojirlarining har biri 100 AQSh dollaridan sotilgani va ular, omborxonalardan birida saqlanib, qurilish ishlarida ishlatilgani aniqlangan.

Ularni qul qilganlikda ayblanib, 4 kishi hibsga olingani xabar qilinmoqda. Ayni paytda tergov ishlari uchun Olmaota hibsxonasida saqlanayotgani aytilayotgan o‘zbeklar ish yakuniga yetgach, O‘zbekistonga jo‘natiladi.
XS
SM
MD
LG