Линклар

logo-print
18 oktabrdan Qirg‘izistonda mamlakat janubidagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha xalqaro komissiya ish boshladi.

Bu haqda Bishkekdagi matbuot anjumanida ma‘lum qilgan komissiya rahbari Kimmo Kilyunen BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashuvlar asosida tuzilgan komissiya tarkibiga Finlyandiya, Avstraliya, Turkiya, Fransiya, Rossiya va Buyuk Britaniyalik vakillar kirganini aytdi.

Tergovlar xolisligi uchun uning tarkibiga Qirg‘iziston fuqarolari kiritilmagani aytilmoqda.

Ayni paytda komissiya rahbari ularning asosiy maqsadi faqatgina hodisa sabablarini o‘rganishdan iboratligini aytar ekan, ilk hisobot 2011 yil yanvar-fevral oylarida e‘lon qilinishi rejalashtirilayotganini ta‘kidladi.

Komissiya a‘zolari mandatiga oid ma‘lumotlar esa hozircha ma‘lum qilinmadi.
XS
SM
MD
LG