Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:17

Facebook endi SMS orqali parol jo'natadi


Bugungi kunning eng kata internet ijtimoiy tarmog`i bo`lmish Facebook o`z foydalanuvchilarining havfsizligi saviyasini yana ham oshirish uchun yangi usul o`ylab topdi. Bu usul kopyuterlar etarlikcha havfsiz bo`lmagan vaqtda, ya`ni antiviruslari eski, yoki umum yo`q bo`lgan kompyuterlar orqali Facebukdagi sahifaga kirganda SMS orqali vaqtincha yangi parol olib kirish.

Facebook kompaniyasi o`z korporativ blogida bildirishicha, bu “vaqtincha parol” usuli ko`plarga qo`l kelishi mumkin, chunki Facebook foydalanuvchisiga tegishli emas kompyuterda parollarni o`qib va saqlab qoladigan “josus” dasturlari o`rnatilgan bo`lishi mumkin.

Bu usul qanday ishlaydi? Eng asosiysi, siz Facebookdagi o`z sahifangizda mobil telefoningizni ro`yxatdan o`tkazishingiz kerak. Shundan so`ng hohlagan vaqt va joyda mobil telefoningizning SMS dasturi orqali “opt” (“one-time password” jumlasining qisqartmasi, tahr.) so`zini 32665 qisqa raqamiga jo`natasiz. Bir necha soniya ichida sizning mobil telefoningizga 20 daqiqa davomida ishlaydigan yangi parol SMS orqali keladi.

Tanqidchilarning aytishicha, havfsizlikning saviyasini oshirishga qaratilgan yangi usul teskarisiga, ya`ni o`ta havfli bo`lishi mumkin, chunki mobil telefonning o`g`irlanish yoki SMS boshqalarnig qo`liga tushib qolish havfi katta.

O`zbekistonlik Facebookchilar bu usul bilan keng qo`llanishi mumkin, chunki PC, ya`ni shaxsiy kompyuterlar hammada ham bor emas. Internet kafelardagi kompyuterlarning aksariyatida esa antivirus dasturlari o`z vaqtida yangilanmaydi.

Nima bo`lganda ham o`zbekistonlik Facebookchilar bu usulni hozircha ishlata olmaydilar, chunki bu usul faqat AQShda sinovda o`tkazilmoqda. Sinovlar ijobiy natiyjaga ega bo`lib, SMS orqali vaqtincha parol olish usuli bizga ham yaqin kunlarda kelib qolar, degan umiddamiz.

Facebook havfsizlikning saviyasini oshirish bo`yicha yana bir qator usullarni ishga tushirdi. Ularni internet kolonkamizdagi keyingi maqolalarda aytib o`tamiz.
XS
SM
MD
LG