Линклар

logo-print
O‘zbekiston yo‘lsozlari Afg‘onistonda uzunligi 70 kilometr bo‘lgan temir yo‘lini qurib bitkazdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Toshkentda o‘tgan davra suhbatida ma‘lum qilishicha, Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy yordami bilan qurilayotgan temir yo‘li uzunligi 75 kilometr bo‘ladi va u Hayratonni Mozori-sharif shahri bilan bog‘laydi.

Bu Afg‘oniston tarixidagi ilk temir yo‘lidir.

Bundan tashqari, vazir Norov, O‘zbekiston orqali NATO va AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari uchun noharbiy yuklar olib o‘tilayotganini ham yana bir karra qayd etib, mamlakat hududi orqali Afg‘onistonga 2003 yildan 2009 yilga qadar umumiy hisobda 6 million tonna insonparvarlik va boshqa maqsadlardagi yuklar olib o‘tilganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG