Линклар

Prezident Nikolya Sarkozining nafaqa oshirish niyatidan norozi odamlarning ish tashlash rejasi tobora keskinlashib bormoqda.

Parijdagi Orli aeroporti mutasaddilari 19 oktabrga belgilangan ish tashlashlar bois shu kungi ichki parvozlarning yarmi qisqartirilganini ma‘lum qildi.

Hozirda mamlakatdagi 12 yirik zavod va benzi taqsimlash muassasalarida ish to‘xtab qolgan.

Haydovchilar federatsiyasi a‘zosi Terri Kordiyer norozilik harakatlari kuchayib borayotganini ta‘kidlab shunday dedi:

- Hali yana ko‘plab norozilik aksiyalariga guvoh bo‘lasiz. Bu jarayonlarga transport sanoati vakillaridan hozirgidan ham ko‘proq miqdorda jalb etiladi. Shu yo‘l bilan biz hukumatning o‘z cheklovlarini susaytirishiga umid qilamiz, deydi fransiyalik haydovchi.

Bunga qadar Fransiya hukumati pensiya yoshini 60 yoshdan 62 yoshga ko‘tarishi va bu masala chorshanba kuni Senatda ovozga qo‘yilishini ma‘lum qilgan edi.
XS
SM
MD
LG