Линклар

Rossiyada olti yashar o‘zbek qizi o‘ldirildi


Russia -- Former head of the Department for Contract Construction and Investments at the Russian Defence Ministry, Vladimir Doronin in handcuffs at the Moscow District Military Court, 28Jun2007

Russia -- Former head of the Department for Contract Construction and Investments at the Russian Defence Ministry, Vladimir Doronin in handcuffs at the Moscow District Military Court, 28Jun2007

Shu yilning 19 oktabr kuni Moskva viloyatidagi Reutov shahrida 6 yoshli o‘zbek qizi Osiyoxon Abdurahmonovaning jasadi topilgan.

Mazkur qotillik yuzasidan O‘zbekiston fuqarosi, 19 yoshli Sunnatillo Sharafutdinov qo‘lga olingan.

Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi qoshidagi tergov qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, bu jinoyat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qotillik”) hamda 131-moddasi (“Nomusga tegish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Rossiyada “Asya” deb atalgan Osiyo Andijon viloyatida tug‘ilgan. 6 yoshli qizaloqning onasi Reutov shahridagi bozorda ishlagan. Ular istiqomat qilgan xonadonda yana 16 nafar o‘zbekistonlik ham yashagan.

Osiyo Abdurahmonova onasi bozorga ishlagani ketgan paytda yo‘qolgan. Uning onasi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan, Reutov ommaviy axborot vositalari esa yo‘qolgan qizaloq haqida ma‘lumotlar tarqatishgan.

Ayni paytda Reutov shahar huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan Sunnatillo ham shu xonadonda yashagan. Tergov qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, Sunnatillo Sharafutdinovning o‘zi “yuqoridan eshitgan ovozlar buyrug‘i” bilan qizaloqni bo‘g‘ib o‘ldirganligini tan olgan.

So‘nggi paytda Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi muhojirlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Xususan, 14 oktabr kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Viksa shahrida O‘zbekiston fuqarosi Anvar Qurbonboyevga zo‘rlash aybi qo‘yilgan edi.
XS
SM
MD
LG