Линклар

“Crazy” prezidentlar


"Esquire" erkaklar jurnali Markaziy Osiyo prezidentlari nima uchun "boshqalarga ox'shamasligi" haqida yozdi.

"Esquire" erkaklar jurnali Markaziy Osiyo prezidentlari nima uchun "boshqalarga ox'shamasligi" haqida yozdi.

“Esquire” erkaklar jurnali o’zining ohirgi nashrida chop etilgan “Welcome to Maverickistan" deb nomlangan maqolasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va nima uchun ular “crazy” maqomiga loyiq ekanligi haqida yozdi.

Ko‘pchilik uchun “Esquire” jurnali tanish bo‘lsa kerak. GQ, Men‘s Health va boshqa bir qator erkaklar uchun “glyanseviy” jurnallarning ichida "Esquire" o‘ziga hos stili va mavzulari bila ajralib turadi.

“Esquire”ning ohirgi nashridagi mavzusi ham juda antiqa bo‘ldi. Jurnal taxririyat ohirgi nashrga “Maverik” mavzusini tanlashdi. “Maverik” termini ingliz tilidan olingan bo‘lib, birinchi marotaba 1867 yil texaslik advokat va fermer Samuel Maverik tarafidan ishlatilgan va “o‘z boshimcha, omma fikridan o‘zgacha fikr yuritadigan individual inson” degan ma‘noni anglatadi. O‘shanda Samuel Maverik mollarini jonini og‘ritishni hohlamay, boshqa fermerlarga o‘xshab mollarni qizdirilgan temir bilan belgilashdan bosh tortgan edi. Shundang so‘ng uning ismi “individualist”, yoki hozirgi yoshlarning gapi bilan aytganda “crazy” insonga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.

Ho‘sh, "Esquire" Marzakiy Osiyoning “crazy” pezidentlari haqida nima deydi?

Birinchi “crazy” davlat rahbari bilan tanishing: yildagi oylarning nomlarini qarindoshlari nomiga o‘zgartirgan, cho‘lni qoq o‘rtasida muzdan qasr bino qilishni buyurgan, soqolni qonunga zid qildirgan va o‘zining hamisha quyoshga yuzlanib turadigan haykalini qurdirgan Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov.

Ikkinchiыш ham birinchisidan qolishmaydi: mamlakatidan tashqarida Borat filmidan so‘ng tanilgan, o‘zi haqida ikkita muzey qurgan va mamlakat poytaxtini dashtning o‘rtasidagi sovuq joyga ko‘chirgan Qozog‘siton prezidenti Nursultan Nazarboyev.

Uchunchisi esa o‘zining shaxsiyatiga sig‘inishni oldini olish uchun mamalakt bo‘ylab o‘z suratlarini va haykallarini buzayotgan, maktablarda mobil telefonlarni umuman taqiqlagan va shuning uchun ham "Esquire"dan maqtov olgan Emomali Rahmon.

To‘rtinchi prezident esa boshqalaridan ham o‘tib tushgan, chunki uning qilgan ishlaridan norozi halq uni o‘z mamlakatidan haydab chiqrgan. Saylovlarning natijalarini o‘zgartirgan va bolalarini deputatlikka olib kelib, so‘ngra shuning uchun haydalgandan, muxojirlikda esa Moskva Davlat Universitetida professorlik qilayotgan Asqar Akaev.

Beshinchi, yo‘ge, birinchi va tanho prezident, ohirgi saylovlarada hatto uning opponentlari ham uni maqtab unga yo‘l berishgan, qizi Gulnora esa qo‘shiqchi Stingga san‘at festivaliga kelishi uchun 1 million funt sterling to‘lagan, yo‘lida yurmaganlarni qiynoqlarga solgan va tiriklayin qaynatgan prezident Islom Karimov, deb yozadi "Esquire".
Qiziq, mintaqadagi, ayniqsa O‘zbekistondagi kimlar yana “crazy” nomiga loyiq?
XS
SM
MD
LG