Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:19

“GM Uzbekistan” avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda


"GM Uzbekistan" shirkati ishlab chiqaradigan Spark mashinasi.
"GM Uzbekistan" shirkati ishlab chiqaradigan Spark mashinasi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida avtomobil ishlab chiqarish o‘tgan yil shu davriga nisbatan 11,2 foizga ko‘paydi va 160 ming 831ta avtomobilni tashkil qildi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra 2009 yilda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida 2008 yilga nisbatan 5,1 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarilib, 205 ming 11ta avtomobilni tashkil qilgan.

Hozirda zavod yiliga 300 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Hozir “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida Neksiya, Lasetti, Epika, Matiz, Spark, Kaptiva va Damas rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning xorijdagi asosiy xaridori Rossiya va boshqa sobiq Sovyet Ittifoqi respublikalari hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG