Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:17

AQShda O‘zbekiston fuqarosi odam savdosida ayblandi


AQSh mahkamasida O‘zbekiston fuqarosi odam savdosi, bosqinchilik va immigratsiya qonunlarini qo‘pol ravishda buzish kabi, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan oldi.

Kanzas shtatining Mishshin shahrida ro‘yxatdan o‘tgan, Abrorxo‘ja Asqarxo‘jayev, AQShning kamida 14 shtatda odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy to‘daga aloqadorlik ayblovlari asosida qamoqqa olingan va sudga tortilgan edi.

Prokurorlar hozirlagan ayblovga ko‘ra, uch shirkatni birlashtirgan jinoiy guruhga Abrorxo‘ja Asqarxo‘jayev asos solgan va 2001 yildan beri asosan odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatlarni amalaga oshirib kelgan.

Bu ayblov bo‘yicha Asqarxo‘jayevni 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG