Линклар

logo-print
“Orol dengizining ekologik fojiasi. Qurib borayotgan dengizni qutqara olamizmi?” deb nomlangan xalqaro anjuman Yevroparlament, BMT, Yevropa Komissiyasi va YeXHT homiyligida uyushtirildi.

12.uz axborot agentligi anjumanda Yevropaning siyosiy, iqtisodiy va ekspert-tahliliy doiralari vakillari ishtirok etganini xabar qildi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Vitse-spikeri, O‘zbekiston Ekologik harakati raisi Boriy Alixonov boshchilik qilgan.

Anjumanda so‘zlagan Alixonovga ko‘ra, 1960 yilga qadar 68,9 ming kvadrat kilometr hududni egallagan Orol dengizida bir ming 83 kub kilometr hajmda suv bo‘lgan.

Unga ko‘ra, hozirgi kunda Oroldagi suv hajmi 13 martaga kamaygan, dengiz hududi 7 marta kichraygan, suv sathi esa 26 metrga pasaygan.

Ayni paytda Orol dengizining g‘arbiy qismida bir litr suv tarkibida tuz miqdori 120 grammni, sharqiy qismida salkam 240 grammni tashkil qilmoqda.
XS
SM
MD
LG