Линклар

logo-print

Qonun hammani birday himoya qilishi shart!


Iyun fojealariga aloqadorlikda hibsga olinib, sud qilinayotganlarning aksari o‘zbeklar ekanini qirg‘iz rasmiylari ham yashirgani yo‘q.

Iyun fojealariga aloqadorlikda hibsga olinib, sud qilinayotganlarning aksari o‘zbeklar ekanini qirg‘iz rasmiylari ham yashirgani yo‘q.

So‘nggi oylarda Qirg‘iziston janubida iyun fojeasi davomida jinoyat qilganlikda ayblanayotgan o‘zbeklardan bir necha guruhi ustidan sudlovlar bo‘lib o‘tmoqda. Sud o‘tkaziladigan binolar oldida, sud zallarida sudlanuvchilar kaltaklanayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z vaqtida siz tinglovchiga yetkazganmiz.

Keyingi kunlarda esa, o‘zbeklarni himoya qilayotgan advokatlar va inson huquqlari himoyachilariga ham millatchi guruhlar tomonidan hujum qilinmoqda.

Shu munosabat bilan muxbirimiz Sarvar Usmon qirg‘izistonlik inson huquqlari himoyachilarini davra suhbatiga chaqirdi.

Suhbatni tinglang:

XS
SM
MD
LG