Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:14

Oq paxtaning qora ko‘lankasi


34 yoshli o‘qituvchi paxtadan qaytayotib halok bo‘lgan fojia prezident paxta rejasi bajarilganini e‘lon qilganidan besh kun o‘tib ro‘y berdi.
34 yoshli o‘qituvchi paxtadan qaytayotib halok bo‘lgan fojia prezident paxta rejasi bajarilganini e‘lon qilganidan besh kun o‘tib ro‘y berdi.
O‘zbekiston prezidenti paxta rejasi bajarilganligi bilan dehqonlarni tabriklaganidan bir necha kun o‘tmasidan, Jizzaxda paxtaga bog‘liq mudhish voqea ro‘y berdi. Paxta terimiga chiqqan maktab o‘quvchilarini olib qaytayotgan mikroavtobus avtohalokatda uchradi va buning oqibatida bir o‘qituvchi halok bo‘ldi, 7 nafar o‘quvchi tan jarohati oldi. Bu voqea 20 oktabr kuni shom mahali Jizzax tumanining Tog‘chiliq mahallasida ro‘y berdi.

O'qishga vaqt yo'g'mi? Unda maqolaning audiosini eshiting:


Voqea guvohlarining aytishicha, mikroavtobus yo‘lning qarama qarchi tomonidan kelib qolgan ZIL yuk avtomashinasidan qochib yo‘lning chetidagi mashinaga yo‘lovchilar tomoni bilan urilgan. Ro‘y bergan avtohalokatda hatdovchining yonida o‘tirgan Karim Fozilov nomidagi 12-o‘rta maktabning o‘qituvchisi, uch farzandning onasi 34 yoshli Marhabo Sodiqova halok bo‘ldi.

Inson huquqi faoli Mamirjon Azimovga ko‘ra, o‘quvchilar ham turli xil tan jarohatlari olgan.

- Yettita o‘quvchi tan jarohatlari olgan. Ayrimlarining tishi singan, yuzlari tilingan, bittasining peshonasi ërilib ketgan. Yettitasi kasalxonaga tushgan. Kechqurunga peshonasi yirtilgan, boshqa bo‘lganlarni tikib, uchtasini chiqarishgan. To‘rttasi hali bolnitsada ëtibdi,- deydi Mamirjon Azimov.

Jizzax viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Isomiddin Umarov ham Ozodlik bilan suhbatda bu xabarni tasdiqladi. Uning aytishicha, ayni paytda haydovchi militsiya bo‘limida bu holat yuzasidan so‘roq qilinmoqda.

O‘zbekistonda paxta terimi rejasi bajarilganiga bir necha kun bo‘lishiga qaramay, nega hanuz maktab o‘quvchilari paxta terimiga jalb qilinmoqda, degan savolimizga Isomiddin Umarov bunday deb javob berdi:

- Yo‘q, bizlar qaytdikku. Oldingi kuni boshlangan edi yotoqdagilarning hammasi. Qaytishni boshlagan edi. Bugun tugatishdi. Endi Jizzax tumanida o‘zlariga chiqishayaptiku. Paxtachilikku u yoq. Bizlarga javob bergan edi o‘zi. Paxtachilik tumanidagilar chiqayotgandirda.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Mayli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini darslaridan qoldirib dalalrda ishlatilsin, lekin ularga nisbatan insonlarga hos bir muomala qilinishi kerak-ku? Kichkina bolaligimizda yoz t‘atili paytida ota-onalarimiz bizni lagerlarga, bolalarning yozgi ta‘til maskanlariga jo‘natishar edi. Shunda bolalar ketayotgan avtobuslarning oldida kamida bitta DAN mashinasi yo‘lni boshlab ketar edi. Paxta terimida ham shunday qilsa bo‘lmaydimi?
XS
SM
MD
LG