Линклар

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvyedev bugun Turkmanistonda hamkasbi Gurbanguli Berdimuhammedov bilan energetika sohasida hamkorlik masalasini muxokama etmoqda.

Turkmanistonning Kaspiy sohilidagi Turkmanboshi shahrida Berdimuhammedov bilan uchrashgan Kreml rahbari Rossiya va Turkmaniston o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirishga alohida urg‘u berdi.

Rossiya yaqin-yaqingacha turkman gazining asosiy xaridori hisoblanardi. Ammo, so‘nggi yillarda Turkmaniston Rossiyaga gaz eksportini qisqartirib, uni Yevropa bozoridagi narxda sotishni istagini bildira boshladi.

Hozirga kelib, Rossiya Turkmanistondan sotib olayotgan gaz miqdori yiliga 10 milliard kubometrga tushib qolgan. Rossiya rahbari so‘nggi bor Turkmanistonga 2009 yil dekabr oyida safar qilgan edi.
XS
SM
MD
LG