Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

Tojikistonda jurnalistlarni himoya qiluvchi qo‘mita tuzildi


Tojikistondagi ayrim mustaqil ommaviy axborot vositalari va nodavlat media tashkilotlari rahbarlari “29 sentabr qo‘mitasi”ni tashkil etishdi.

Mazkur qo‘mita faoliyati respublika jurnalistlarining kasbiy faoliyati va haq-huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan.

Qo‘mita muassislarining aytishlaricha, mazkur tashkilotni tuzishga respublika ommaviy axborot vositalariga Tojikiston rasmiylari tomonidan tazyiqning kuchaygani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy sentabr oyida Kamarob darasida sodir bo‘lgan hujumlar va unda qirqdan ortiq harbiylarning qurbon bo‘lganini mustaqil ommaviy axborot vositalari keng yoritgan edi. Bu maqolalarda Kamarob fojeasiga Mudofaa vazirligi mas‘ullarining tajribasizligi sabab bo‘lgani haqida fikr yuritilgan.

Shundan keyin Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Xayrulloyev “Xovar” axborot agentligida chop qilingan bayonotida respublikadagi nashrlar mamlakatdagi barqarorlikning izdan chiqishiga hissa qo‘shayotganiga urg‘u bergan edi.

So‘ngroq respublika prezidenti ham gazetalar faoliyatini tanqid qildi. Pirovardida bugungi kunda respublikada beshta internet saytlariga blok qo‘yildi, uchta mustaqil gazeta chop qilinmayapti.
XS
SM
MD
LG